Logo

O'zbekiston Bosh konsuli Dubaydagi missiyasini yakunlamoqda

Yanvar 06, 2024. 16:46 • 29 soniya

1377
O'zbekiston Bosh konsuli Dubaydagi missiyasini yakunlamoqda

DUBAY, 6-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston bosh konsuli Alisher Salomov Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo'limi boshlig'i o'rinbosari Rashid Abdulla Al Kasir bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston – BAA munosabatlari kun tartibidan o'rin olgan muhim masalalar muhokama qilindi. Amirlik tomoni O'zbekiston bilan faol rivojlanib borayotgan hamkorlikni yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunida BAA vakili Alisher Salomovga O'zbekistonning Dubaydagi Bosh konsuli lavozimida o'tkazgan samarali besh yillik faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Alisher Salomov 2019-yil yanvar oyida mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulligiga rahbar etib tayinlangan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish