Britaniyalik taniqli iqtisodchi O'zbekistonda kechayotgan yangilanishlar jarayonida xorijiy ekspert sifatida ishtirok etishga qiziqish bildirdi
Mart 15, 2025. 12:56 • 2 daq
• 73
LONDON, 15-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya hukumatining Iqtisodiy maslahat kengashi a'zosi, San'at, ishlab chiqarish va tijoratni rag'batlantirish bo'yicha Qirollik jamiyati ijrochi direktori Endi Xoldeyn bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida Endi Xoldeyn Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va oxirgi yillarda respublikaning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda erishgan yutuqlari bilan batafsil tanishtirildi.
Suhbatdosh O'zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, shu jumladan, ijodiy sanoatni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi va ushbu jarayonlarda xorijiy ekspert sifatida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot muassasalari o'rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish va hamkorlikda qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida yuqoridagi masalalar bo'yicha doimiy amaliy aloqalarni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Endi Xoldeyn 1989-yildan 2021-yilgacha Angliya bankida turli lavozimlarda, xususan bosh iqtisodchi va pul-kredit tahlili hamda statistikasi bo'yicha ijrochi direktor lavozimida faoliyat ko'rsatgan. 2021-yildan hozirgi davrga qadar u Britaniya hukumatining Iqtisodiy maslahat kengashi a'zosi va San'at, ishlab chiqarish va tijoratni rag'batlantirish bo'yicha Qirollik jamiyati bosh ijrochi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
U 2014-yilda "Time" jurnali tomonidan dunyodagi 100 ta eng ta'sirli odamlardan biri deb topilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi