O'zbekiston elchisi Niderlandiya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
Dekabr 06, 2024. 19:36 • 50 soniya
• 1221
AMSTERDAM, 6-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Bryusselda joylashgan) G'ayrat Fozilov 4-dekabr kuni Niderlandiya Qiroli Villem-Aleksandrga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Marosimdan so'ng bo'lib o'tgan suhbatda O'zbekiston va Niderlandiya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Qirol Villem-Aleksandr O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.
Qirol, shuningdek, Niderlandiya va O'zbekiston o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dinamik xususiyatini mamnuniyat bilan qayd etib, turli darajadagi muntazam siyosiy aloqalar, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik faollashganiga alohida e'tibor qaratdi.
Niderlandiyaning mazkur tarmoqlardagi boy tajribasini hisobga olgan holda, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ayniqsa, qishloq xo'jaligi, suv resurslaridan samarali foydalanish, ilg'or texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida o'zaro manfaatli aloqalarni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari, elchi G'ayrat Fozilov 14-noyabr kuni Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelga o'zining ishonch yorliqlarini topshirdi.
2024-yil 7-fevral kuni esa O'zbekiston elchisi G'ayrat Fozilovning Belgiyaliklar Qiroli Filippga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo'lib o'tgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi