Logo

O'zbekiston va Belgiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari mintaqaviy jarayonlar hamda xalqaro tashkilotlar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar

Oktabr 22, 2025. 16:42 • 44 soniya

206
O'zbekiston va Belgiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari mintaqaviy jarayonlar hamda xalqaro tashkilotlar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar

TOSHKENT, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiya Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi ishlar, Yevropa ishlari va taraqqiyot bo'yicha hamkorlik vaziri Maksim Prevo bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Belgiya Qirolligining Bosh vazir o'rinbosari, tashqi ishlar, Yevropa ishlari va taraqqiyot bo'yicha hamkorlik vaziri Maksim Prevo janoblari bilan samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida O'zbekiston-Belgiya hamkorligining hozirgi sur'atlari va istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildik. Ayniqsa, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratdik. Shuningdek, mintaqaviy jarayonlar hamda xalqaro tashkilotlar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldik.

Ikki tomonlama kun tartibimiz sermazmun va istiqbolli bo'lib, o'zaro sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan ko'plab qo'shma tashabbuslar va yaqinlashib kelayotgan tadbirlarni o'z ichiga oladi".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish