O'zbekiston va Fransiya TIV rahbarlari ikki mamlakat o'rtasidagi strategik sheriklikning mustahkam va tobora rivojlanib borayotgan ruhini tasdiqladilar
Oktabr 23, 2025. 09:08 • 42 soniya
• 414
TOSHKENT, 23-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Parijda Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Parijda Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro janoblari bilan samarali va mazmunli uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muloqotimiz O'zbekiston va Fransiya strategik sherikligining mustahkam va tobora rivojlanib borayotgan ruhini yana bir bor tasdiqladi. Savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, ta'lim, barqaror rivojlanish va boshqa muhim yo'nalishlarda hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish masalalariga e'tibor qaratdik.
Shuningdek, mintaqaviy va global jarayonlar yuzasidan fikr almashdik hamda o'zaro ustuvor yo'nalishlarimizni ikki va ko'p tomonlama doiralarda amaliy natijalarga aylantirish maqsadida faol va istiqbolli muloqotni davom ettirishga kelishib oldik".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi