Logo

O'zbekiston va Iordaniya TIV rahbarlari mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbolli yo'nalishlari yuzasidan konstruktiv fikr almashdilar

Iyun 22, 2025. 01:37 • 33 soniya

61
O'zbekiston va Iordaniya TIV rahbarlari mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbolli yo'nalishlari yuzasidan konstruktiv fikr almashdilar

TOSHKENT, 21-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Istanbul shahrida bo'lib o'tgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida ishtiroki doirasida Iordaniya Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo'yicha vaziri Ayman Safadi bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Iordaniya Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo'yicha vaziri Ayman Safadi janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston-Iordaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbolli yo'nalishlari yuzasidan konstruktiv fikr almashdik. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqdamiz, mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotga ko'maklashishga qaratilgan qo'shma tashabbuslarni qo'llab-quvvatlaymiz.

O'zbekiston Iordaniya bilan yaqin va do'stona aloqalarni yuqori qadrlaydi va ushbu sheriklikni yanada chuqurlashtirishga umid qiladi".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish