Logo

O'zbekiston va Iroq tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama siyosiy muloqot, iqtisodiy hamkorlik hamda madaniy almashinuvni mustahkamlashdan manfaatdorliklarini tasdiqladilar

Iyun 22, 2025. 02:25 • 37 soniya

97
O'zbekiston va Iroq tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama siyosiy muloqot, iqtisodiy hamkorlik hamda madaniy almashinuvni mustahkamlashdan manfaatdorliklarini tasdiqladilar

TOSHKENT, 21-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Istanbul shahrida bo'lib o'tgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida ishtiroki doirasida Iroq Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Iroq Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn janoblari bilan mazmunli uchrashuv o'tkazganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston va Iroq o'rtasida siyosiy muloqot, iqtisodiy hamkorlik hamda madaniy almashinuvni mustahkamlash borasidagi o'zaro manfaatdorligimizni yana bir bor tasdiqladik. Ikki tomonlama munosabatlarda hali to'liq kashf qilinmagan salohiyat mavjudligini e'tirof etib, turli sohalarda yuqori darajadagi aloqalar va amaliy hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta'kidladik".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish