O'zbekiston va Kipr tashqi siyosat idoralari rahbarlari mamlakatlarimiz o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar
Oktabr 21, 2025. 09:59 • 35 soniya
• 170
TOSHKENT, 21-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Biz O'zbekiston va Kipr o'rtasidagi ko'plab sohalarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildik. Faol muloqotni davom ettirish va yangi, ikki tomon uchun foydali yo'nalishlarni izlab topishga kelishib oldik.
Shuningdek, bugungi mintaqaviy va xalqaro jarayonlar yuzasidan fikr almashdik. Konstruktiv hamkorlik, tinchlik va barqarorlik borasidagi mushtarak qadriyatlarga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqladik".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi