Logo

O'zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirlari ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirishga intilishlari mushtarak ekanligini tasdiqladilar

Oktabr 21, 2025. 09:49 • 35 soniya

178
O'zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirlari ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirishga intilishlari mushtarak ekanligini tasdiqladilar

TOSHKENT, 21-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Braje bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Braje xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Biz O'zbekiston-Latviya munosabatlarining ijobiy dinamikasini muhokama qildik hamda siyosiy muloqot, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni, shuningdek, xalqlarimiz o'rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirishga intilishimiz mushtarak ekanini yana bir bor tasdiqladik.

Shuningdek, mintaqaviy va global rivojlanish masalalari yuzasidan ham fikr almashdik. Bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etishda muloqot, o'zaro hurmat va sheriklik muhimligini ta'kidladik".

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish