O'zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari mamlakatlarimiz o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
Iyun 22, 2025. 00:41 • 37 soniya
• 65
TOSHKENT, 21-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Istanbul shahrida bo'lib o'tgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida ishtiroki doirasida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildik. Savdo, transport-logistika, energetika hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e'tibor qaratdik.
Ikki mamlakat Rahbarlari o'rtasida oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarning to'liq va o'z vaqtida amalga oshirilishi kun tartibimizdagi ustuvor masaladir".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi