O'zbekiston va Shveysariya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Bernda bo'lib o'tgan uchrashuvda ikki va ko'p tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar
Oktabr 16, 2025. 19:01 • 43 soniya
• 380
TOSHKENT, 16-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bernda Shveysariya Federal Kengashi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Ignatsio Kassis bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston delegatsiyasi nomidan Shveysariya Federal Kengashi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Ignatsio Kassis janoblariga Bern shahrida ko'rsatilgan iliq mehmondo'stlik uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bugungi uchrashuvimiz davomida O'zbekiston- Shveysariya ikki va ko'p tomonlama hamkorligimizni yana-da chuqurlashtirish yo'llarini atroflicha muhokama qildik. Suhbat chog'ida innovatsiyalar, bilim va tajriba almashinuvi, savdo, kadrlar salohiyatini oshirish hamda boshqa yo'nalishlar e'tiborimiz markazida bo'ldi.
Mintaqaviy va xalqaro platformalarda yaqin hamkorlikni davom ettirish, ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy dinamikani yana-da mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy global chaqiriqlarga qarshi birgalikda harakat qilish borasida kelishuvga erishdik".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi