Logo

Baxtiyor Saidov: Biz O'zbekisto-Yevropa ittifoqi o'rtasidagi muloqotni chuqurlashtirish va tom ma'noda istiqbolli sheriklikni rivojlantirishda davom etamiz

Oktabr 21, 2025. 09:19 • 43 soniya

189
Baxtiyor Saidov: Biz O'zbekisto-Yevropa ittifoqi o'rtasidagi muloqotni chuqurlashtirish va tom ma'noda istiqbolli sheriklikni rivojlantirishda davom etamiz

TOSHKENT, 21 oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xalqaro hamkorlik bo'yicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Xalqaro hamkorlik bo'yicha Yevropa komissari Yozef Sikela janoblari bilan samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Samarqand shahrida bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitining muvaffaqiyatli natijalari bilan mustahkamlangan O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'zaro hamkorligining misli ko'rilmagan darajasini namoyon etmoqda. Muzokaralarimiz esa mazkur ijobiy dinamikani yana-da rivojlantirishga – yaqinlashib kelayotgan tadbirlarning boy kun tartibini muhokama qilishga, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga hamda hali kashf etilmagan ko'plab imkoniyatlarimizni yuzaga chiqarishga qaratildi.

   Biz O'zbekisto-Yevropa ittifoqi o'rtasida muloqotni chuqurlashtirish va tom ma'noda istiqbolli sheriklikni rivojlantirishda davom etamiz".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish