Logo

Baxtiyor Saidov: Biz Italiyani Yevropadagi O'zbekistonning eng muhim va ishonchli hamkorlaridan biri sifatida yuqori qadrlaymiz

Oktabr 16, 2025. 09:28 • 38 soniya

237
Baxtiyor Saidov: Biz Italiyani Yevropadagi O'zbekistonning eng muhim va ishonchli hamkorlaridan biri sifatida yuqori qadrlaymiz

TOSHKENT, 16-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rim shahrida Italiya Bosh vazirining o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Italiya Bosh vazirining o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz ochiq, konstruktiv va istiqbolli ruhda o'tdi. O'zbekiston va Italiya o'rtasidagi munosabatlarning barcha yo'nalishlarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdik hamda o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga qat'iy intilishimizni tasdiqladik.

Biz Italiyani Yevropadagi O'zbekistonning eng muhim va ishonchli hamkorlaridan biri sifatida yuqori qadrlaymiz hamda strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga intilamiz".

 

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish