Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Tbilisidagi Alisher Navoiy bog'iga tashrif buyurdi

Iyul 09, 2025. 23:11 • 33 soniya

908
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Tbilisidagi Alisher Navoiy bog'iga tashrif buyurdi

TOSHKENT, 10-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gruziyaga rasmiy tashrifi davomida kecha Tbilisi shahridagi Alisher Navoiy bog'iga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Tbilisidagi Alisher Navoiy bog'iga tashrif buyurish biz uchun katta sharaf bo'ldi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Ushbu maskan – chuqur madaniy va ramziy ma'noga ega. Buyuk shoir va mutafakkirimiz nomi bilan atalgan bog' O'zbekiston va Gruziya xalqlari o'rtasidagi mustahkam do'stlik va madaniy aloqalarning yorqin timsolidir.

Bunday ramziy maskanlar xalqlarimiz o'rtasidagi o'zaro hurmat va rishtalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi".

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish