O'zbekiston TIV rahbari va TDT Bosh kotibi Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda tashkilotning Budapeshtda o'tkaziladigan sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar
May 13, 2025. 15:15 • 32 soniya
• 946
TOSHKENT, 13-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz konstruktiv ruhda o'tib, Tashkilotga a'zo barcha davlatlar bilan mustahkam hamkorlikni kuchaytirish, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Tashkilot doirasida ilgari surilgan tashabbuslarni samarali hayotga tatbiq etish va istiqboldagi asosiy ustuvor yo'nalishlarni belgilashga bag'ishlandi.
Shuningdek, Budapeshtda bo'lib o'tadigan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ham muhokama qildik".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi