O'zbekiston TIV rahbari O'mon savdo, sanoat va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlash vaziri bilan uchrashdi
Iyun 12, 2025. 21:32 • 34 soniya
• 595
TOSHKENT, 12-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun O'mon savdo, sanoat va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlash vaziri Qays bin Muhammad bin Musa al-Yusuf bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"O'mon savdo, sanoat va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlash vaziri Qays bin Muhammad bin Musa al-Yusuf janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muloqotimiz iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, o'zaro sarmoya kiritishning yangi imkoniyatlarini o'rganishga qaratildi. Shuningdek, O'zbekiston va O'mon o'rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va innovatsion o'sishni rag'batlantirish bo'yicha fikr almashdik".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi