O'zbekiston va Hindiston TIV rahbarlari Dehlida 2025-2026-yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar
Iyun 06, 2025. 00:04 • 34 soniya
• 623
DEHLI, 5-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Qadrli hamkasbim, Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi chuqur tarixiy va madaniy rishtalarga asoslangan, bugungi kunda mustahkam strategik hamkorlikka aylangan munosabatlarimiz yana bir bor tasdiqlandi.
Uchrashuvimiz davomida biz Rahbarlarimiz tomonidan ilgari surilgan maqsadlarni amalga oshirish, o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va barcha sohalarda jadal rivojlanayotgan aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratdik. Shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida 2025-2026 yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturini imzoladik".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi