O'zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida ikki va ko'p tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
Avgust 11, 2025. 17:26 • 39 soniya
• 402
TOSHKENT, 11-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan janoblari bilan telefon orqali samarali muloqot o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bizning kun tartibimiz ikki va ko'p tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasini qamrab oldi. Bo'lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko'rish, O'zbekiston-Turkiya strategik sherikligini mustahkamlash yo'llari, shuningdek, mintaqaviy va global mavzularni muhokama qildik.
O'zbekiston va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari mamlakatlarimiz o'rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettiradi".
"Dunyo" AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi