O'zbekiston va Vengriya TIV rahbarlari hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar
Oktabr 31, 2025. 16:10 • 31 soniya
• 228
TOSHKENT, 31 oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto janoblari bilan samimiy va samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikning barcha yo'nalishlarida barqaror rivojlanib borayotgan ijobiy sur'atlarni muhokama qildik.
Vengriyaning doimiy qo'llab-quvvatlashi va ikki hamda ko'p tomonlama formatlarda o'zaro manfaatli aloqalarni yana-da mustahkamlashga bo'lgan umumiy intilishini yuksak qadrlaymiz".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi