O'zbekiston va Lyuksemburg tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildilar
Oktabr 22, 2025. 09:20 • 40 soniya
• 191
TOSHKENT, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Lyuksemburg Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi ishlar va savdo hamda hamkorlik vaziri Ksavye Bettel bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Lyuksemburg Bosh vazir o'rinbosari, tashqi ishlar va savdo hamda hamkorlik vaziri Ksavye Bettel janoblariga samimiy va iliq qabul uchun minnatdorlik bildiramiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bugun shahar va uning boy merosi bilan yaqindan tanishdik. Shuningdek, O'zbekiston va Lyuksemburg o'rtasidagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va o'zaro manfaatli hamkorlikni istiqbolli yo'nalishlarda kengaytirish masalalarida samarali fikr almashdik.
O'zaro muloqotni mustahkamlash va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga bo'lgan umumiy intilishlarimiz ikki mamlakatning barqaror taraqqiyoti va farovonligiga xizmat qiladi".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi