Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Xitoy elchisini qabul qildi

Iyun 12, 2025. 21:13 • 24 soniya

577
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Xitoy elchisini qabul qildi

TOSHKENT, 12-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Xitoy elchisi Yuy Szyunni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Xitoyning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbat chog'ida ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish, mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniy-ma'rifiy almashinuvlarni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildik".

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish