Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Tojikiston elchisini qabul qildi

Avgust 11, 2025. 19:02 • 34 soniya

87
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Tojikiston elchisini qabul qildi

TOSHKENT, 11-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Tojikiston elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 "Bugun TIVda Tojikistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzoda janoblarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik, ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari diqqatimiz markazida bo'ldi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, muntazam almashinuvlarga ko'maklashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyot sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e'tibor qaratdik".

Eslatib o'tamiz, Abdujabbor Rahmonzoda 2021-yil 25-avgust kuni O'zbekiston Prezidentiga Tojikistonning mamlakatimizdagi elchisi sifatida ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

"Dunyo" AA arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish