Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Serbiyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

Oktabr 27, 2025. 20:37 • 28 soniya

107
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Serbiyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

TOSHKENT, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Serbiya elchisi Momchilo Babichni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Serbiyaning O'zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Momchilo Babich janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik,- deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. - O'zbekiston-Serbiya siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi do'stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga o'zaro tayyorligimizni bildirdik.

Elchi janoblariga mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish yo'lidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish