O'zbekiston tashqi ishlar vaziri hamkasblari bilan birgalikda Pekinda Xitoy Raisi tomonidan qabul qilindi
Iyul 15, 2025. 12:42 • 42 soniya
• 511
TOSHKENT, 15-iyul. /"Dunyo" AA/. Tashrif bilan XXRda bo'lib turgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Pekinda Xitoy Raisi Si Szinpin tomonidan qabul qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Janobi Oliylari bilan uchrashib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Uchrashuvimiz davomida hamkasblarim bilan birgalikda savdo, transport aloqalari va madaniy almashinuvlarni o'z ichiga olgan barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish yo'llarini muhokama qildik.
Biz SHHT doirasida hamkorlikni mustahkamlash, umumiy farovonlikni ta'minlash, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga ko'maklashish borasida birgalikda harakat qilishimizni yana bir bor ta'kidladik".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston tashqi ishlar vaziri kecha Pekin shahrida Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi