O'zbekiston tashqi ishlar vaziri ICESCO bosh direktori bilan uchrashdi
May 24, 2025. 17:20 • 34 soniya
• 955
TOSHKENT, 24-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun ICESCO bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik janoblari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Islom dunyosi ta'lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Kengayib borayotgan hamkorligimiz haqida atroflicha fikr almashdik.
ICESCOning istiqbolli tashabbuslarini, jumladan, 2025-yilda Samarqand shahrini Islom dunyosining madaniyat poytaxti sifatida nishonlanishini olqishlaymiz.
Shuningdek, O'zbekiston Hukumati va ICESCO o'rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish va yaqin kelajakda samarali loyihalarni birgalikda amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlarini o'z ichiga olgan Harakatlar rejasini imzoladik".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi