O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
Iyul 14, 2025. 20:20 • 46 soniya
• 553
TOSHKENT, 14-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun biz turli sohalarni qamrab olgan yetakchi Xitoy kompaniyalari — Chison Medical Technologies, China Resources Pharmaceutical Group, Norinco, Hangzhou Miuge Chemical Commodities Science and Technologies, Xiamen Tungsten, Shandong Gold, Contemporary Amperex Technology, Great Wall Motor, Origin Quantum, China Aerospace Science and Technolog bilan bir qator mazmunli va samarali uchrashuvlar o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Kun tartibimizda barcha yo'nalishlarda o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish, ilg'or ishlab chiqarish quvvatlari va yuqori texnologiyalarni O'zbekistonga jalb etish, mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda mamlakatimizni mintaqaviy va global ta'minot zanjirlariga samarali integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Biz Xitoy kompaniyalarining Markaziy Osiyoning jadal sur'atlarda rivojlanayotgan bozoriga kirish borasidagi samimiy qiziqishlarini qadrlaymiz".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi