O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Toshkentda AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi
Avgust 28, 2025. 15:10 • 38 soniya
• 616
TOSHKENT, 28-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun AQSh Prezidentining global hamkorlik bo'yicha maxsus vakili Paolo Zampolli bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"AQSh Prezidentining global hamkorlik bo'yicha Maxsus vakili Paolo Zampolli janoblari bilan samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Biz mamlakatlarimiz o'rtasida yanada mustahkam ko'priklar qurish – ta'lim va madaniyatdan tortib, innovatsiya va biznesgacha – haqida fikr almashdik. Xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish uchun katta, hali to'liq ishga solinmagan salohiyat mavjud.
Muloqotlarimiz davomida mintaqaviy va global ahamiyatga ega bir qator masalalarga ham to'xtaldik – yanada farovon kelajak uchun hamkorlikda ishlash bo'yicha umumiy qarashlarimizni bildirdik".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi