Logo

O'zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari Termizda Afg'oniston yo'nalishidagi hamkorlik loyihalarini muhokama qildilar

Iyun 15, 2025. 07:44 • 41 soniya

613
O'zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari Termizda Afg'oniston yo'nalishidagi hamkorlik loyihalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 15-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston va Belarus TIV rahbarlari Baxtiyor Saidov va Maksim Rijenkov kecha birgalikda O'zbekiston-Afg'oniston chegarasi va "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasiga tashrif buyurdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Hamkasbim, Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov janoblari bilan birgalikda O'zbekiston-Afg'oniston chegarasi va "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasiga tashrif buyurdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bu har yili 1,5 milliondan ortiq mijozlarni jalb qiladigan zamonaviy savdo, mehmonxona, tibbiy, logistika va ta'lim muassasalariga ega noyob joy. Biz ushbu hududga ko'proq belarus korxonalarini jalb qilish imkoniyatlarini o'rganib chiqdik. O'zbekiston Hukumati qo'shnilarimiz va hamkorlarimiz bilan jadal iqtisodiy aloqalar ko'lamini yanada kengaytirish tarafdori".

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish