Logo

O'zbekiston va Gurziya tashqi ishlar vazirlari Samarqandda o'tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

Oktabr 29, 2025. 17:11 • 34 soniya

227
O'zbekiston va Gurziya tashqi ishlar vazirlari Samarqandda o'tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Samarqand shahrida Gruziya tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"YUNESKO Bosh konferensiyasida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Gruziya tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Ikki tomonlama hamkorligimizning turli yo'nalishlarini qamrab olgan samarali va mazmunli muzokaralar olib bordik.

Muloqotimizda mintaqalararo transport bog'liqligini kuchaytirish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo'jaligi, ishlab chiqarish, madaniyat va o'zaro manfaatli boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish