Logo

O'zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot chog'ida Markaziy Osiyo va Ko'rfaz arab davlatlari o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e'tibor qaratdilar

Aprel 25, 2025. 22:06 • 36 soniya

96
O'zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot chog'ida Markaziy Osiyo va Ko'rfaz arab davlatlari o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e'tibor qaratdilar

TOSHKENT, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud Hazrati Oliylari bilan telefon orqali samimiy muloqot qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi tobora mustahkamlanib borayotgan sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdik. Muloqotimizda Markaziy Osiyo va Ko'rfaz mintaqalari o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Savdo, investitsiyalar va o'zaro bog'liqlikni kengaytirish, shuningdek, mintaqalarimizda tinchlik va taraqqiyotni qo'llab-quvvatlash borasidagi umumiy intilishlarimizni yana bir bor ta'kidladik".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish