O'zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari Samarqandda ikki va ko'p tomonlama shakllardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
Noyabr 01, 2025. 16:57 • 34 soniya
• 376
TOSHKENT, 1-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Samarqandda Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin janoblari bilan samarali va ochiq muloqot o'tkazdik – deb yozdi o'zining telegram-kanalida O'zbekiston TIV rahbari. – Uchrashuvimiz davomida O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi munosabatlarning izchil rivojlanib borayotganligini muhokama qildik hamda do'stlik, ishonch va yaqin qo'shnichilik rishtalarini yanada mustahkamlashga bo'lgan o'zaro sadoqatimizni yana bir bor tasdiqladik.
Mamlakatlarimiz birgalikda Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni, o'zaro bog'liqlikni va barqaror taraqqiyotni yana-da kuchaytirishga intiladi".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi