Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon TIV rahbarlari Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Noyabr 16, 2025. 16:06 • 41 soniya
• 316
TOSHKENT, 16-noyabr. /"Dunyo" AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Markaziy Osiyo va Ozarbayjondan kelgan hamkasblari bilan Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Markaziy Osiyo va Ozarbayjonlik hurmatli hamkasblarim bilan birgalikda mintaqamizdagi eng muhim madaniy-ma'rifiy loyihalardan biri bo'lgan Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Ushbu betakror markaz xalqimizning asrlar davomida butun Islom olamida ilm-fan, falsafa, san'at va diniy ta'lim rivojiga qo'shgan beqiyos intellektual merosini o'zida mujassam etadi.
Tashrifimiz davomida bizni nafaqat umumiy tarix, balki umumiy kelajak ham birlashtirishi yana bir bor yaqqol namoyon bo'ldi. Madaniy aloqalarni mustahkamlash, o'zaro tushunishni chuqurlashtirish va umumiy merosimizni targ'ib qilish mintaqaviy hamkorlikning asosiy ustunlaridan bo'lib qolmoqda".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi