O'zbekiston va Iordaniya mintaqaviy barqarorlik va farovonlikni ta'minlash yo'lida o'zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surish va umumiy maqsadlarga erishishga sodiqligini tasdiqladi
Avgust 06, 2025. 19:23 • 43 soniya
• 513
TOSHKENT, 6-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Iordaniya Bosh vaziri o'rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo'yicha vaziri Ayman Safadi bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Iordaniya Bosh vazir o'rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo'yicha vaziri Ayman Safadi janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bo'lajak tadbirlar kun tartibi e'tibor markazimizda bo'ldi. O'zbekiston-Iordaniya ikki tomonlama munosabatlarimizni chuqurlashtirishga urg'u berib, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish va mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashning yangi imkoniyatlarini ko'rib chiqdik.
O'zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surish hamda mintaqaviy barqarorlik va farovonlik yo'lidagi umumiy intilishlarimizni yana bir bor tasdiqladik".
"Dunyo" AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi