Logo

O'zbekiston milliy saylov tizimidagi o'zgarishlar Kuvayt OAV nigohida

Oktabr 29, 2024. 14:53 • 2 daq

217
O'zbekiston milliy saylov tizimidagi o'zgarishlar Kuvayt OAV nigohida

AL-KUVAYT, 29-oktabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Al-Jarida" gazetasida "O'zbekistonda siyosiy va qonunchilik hayotining yangilanishiga hissa qo'shadigan saylov tizimi joriy etildi" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmqoda "Dunyo" AA muxbiri:

Unda O'zbekistonda katta siyosiy o'zgarishlar, jumladan, saylov qonunchiligida islohotlar amalga oshirilgani ta'kidlangan. Demokratik va respublika boshqaruvining tayanchi va xalq hokimiyatining tamal toshi sifatida yangi saylov tizimi qabul qilindi. O'zbekistonda yangi saylov qonuni majoritar saylov tizimidan Oliy Kengash qonunchilik palatasiga saylovlarda ko'pchilik va proporsional vakillikni birlashtirgan aralash tizimga o'tdi.


"Germaniya, Italiya va Yaponiya kabi qator mamlakatlarda qo'llanilayotgan ushbu aralash saylov tizimi saylov natijalarining to'g'riligini oshirish va O'zbekistondagi siyosiy manzarani yaxshiroq aks ettirishga qaratilgan. Shuningdek, u qonunchilik palatasida hududlarni vakillik qilishda yana-da mutanosiblikka erishish hamda siyosiy partiyalar va nomzodlar o'rtasida yangi dinamikani rivojlantirishga intiladi", – deyilgan materialda.


Qayd etilishicha, partiyalar endi saylovchilar bilan samarali muloqot qila oladigan taniqli va ishonchli nomzodlarni taqdim etilishiga e'tibor qaratishi kerak bo'ladi va bu yangi tizim yangi siyosatchilarning shakllanishiga ham zamin yaratadi.


Maqolaning yakunida, "O'zbekistonda saylov tizimidagi islohotlar mamlakatda ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni o'zida aks ettiradi. Aralash saylov tizimiga o'tish siyosiy partiyalar o'rtasidagi raqobatni kuchaytirishi va partiyalarning ichki dinamikasini qayta shakllantirishi, saylov qonunchiligining rivojlanishiga xizmat qiladi", – deb yozilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish