Logo

«Prokuratura to'g'risida»gi qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi

Noyabr 01, 2023. 07:41 • 43 soniya

556
«Prokuratura to'g'risida»gi qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi

TOSHKENT, 1-noyabr. /"Dunyo" AA/. Prezidentimiz «O'zbekiston Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan «Prokuratura to'g'risida»gi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan  joriy yil 4-mayda qabul qilingan va shu yil 30-sentyabr kuni Senat tomonidan ma'qullangan.


Hujjatga ko'ra, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O'zbekiston Transport prokurori Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. O'zbekiston Harbiy prokurori Bosh prokuror taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.


Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o'tash, prokuratura organlari va muassasalari xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni rag'batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi ushbu Qonunda, Prezident tomonidan tasdiqlanadigan O'zbekiston prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o'tash to'g'risidagi nizomda, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish