Kobulda bo'lib o'tgan O'zbekiston-Afg'oniston muzokaralarida iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga alohida e'tibor qaratildi

Март 13, 2024. 09:19 • 2 дақ

584
Kobulda bo'lib o'tgan O'zbekiston-Afg'oniston muzokaralarida iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga alohida e'tibor qaratildi

TOSHKENT, 13-mart. /"Dunyo" AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Kobul shahriga tashrifi davomida kecha Afg'oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari bilan uchrashuv va muzokaralar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Kobulga tashrifimiz chog'ida Afg'oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari – Bosh vazir v.b. Mulla Muhammad Hasan Oxund Janobi Oliylari, Bosh vazir o'rinbosari v.b. Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy Janobi Oliylari, Bosh vazir o'rinbosari v.b. Mulla Abdul G'ani Barodar Janobi Oliylari, tashqi ishlar vazirligi v.b. Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy Janobi Oliylari, ichki ishlar vaziri v.b. Xalifa Sirojiddin Haqqoniy Janobi Oliylari, savdo va sanoat vaziri v.b. Nuriddin Aziziy Janobi Oliylari bilan uchrashuvlar o'tkazdik, — deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. — Muzokaralar chog'ida o'zaro hamkorlikning keng ko'lamli masalalarini muhokama qildik. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor qaratdik. Bizni boy va mushtarak tariximiz, umumiy an'analarimiz va kelajagimiz birlashtiradi. Birgalikda amalga oshirishimiz mumkin bo'lgan ko'plab imkoniyatlar mavjud".

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 10 mart kuni tashrif bilan Doxa shahriga bordi hamda Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.

Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Telegram каналига обуна бўлинг

Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!

Каналга ўтиш