O'zbekiston va Qatar TIV rahbarlari Doxa shahrida ikki davlat yetakchilari o'rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida hayotga tatbiq etish masalalarini muhokama qildilar

Март 11, 2024. 09:04 • 2 дақ

499
O'zbekiston va Qatar TIV rahbarlari Doxa shahrida ikki davlat yetakchilari o'rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida hayotga tatbiq etish masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 11-mart. /"Dunyo" AA/. Tashrif bilan Doxa shahriga borgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy Janobi Oliylari bilan bugun Doxa shahrida uchrashishdan mamnunmiz, — deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. — O'zbekiston va Qatar rahbarlari tomonidan erishilgan barcha kelishuvlarning o'z vaqtida hayotga tatbiq etilishini ko'rib chiqdik, kengayib borayotgan ikki tomonlama munosabatlarimiz kun tartibini muhokama qildik va iqtisodiy hamkorligimizni yanada boyitishga alohida e'tibor qaratdik".

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning dekabr oyi boshida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Doxa forumida ishtirok etdi, shuningdek, Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan muzokaralar olib bordi. Unda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, madaniy diplomatiyani mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Telegram каналига обуна бўлинг

Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!

Каналга ўтиш