Logo

Lankavi va Kedaxda O‘zbekiston turizmi reklamasi yo‘lga qo‘yildi

Mart 25, 2026. 13:37 • 57 soniya

30
Lankavi va Kedaxda O‘zbekiston turizmi reklamasi yo‘lga qo‘yildi

KUALA-LUMPUR, 25-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Malayziyaning Kedax shtatida yurtimizning ziyorat turizmi imkoniyatlariga bag‘ishlangan targ‘ibot kampaniyasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi, Kedax shtati ma’muriyati hamda “Batik Air” aviakompaniyasi hamkorligida amalga oshirildi.

Targ‘ibot kampaniyasini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Malayziyadan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini yanada oshirishdir. Xususan, mashhur lokatsiyalar qatorida Lankavi orolidagi katta formatli ekranlar hamda Kedax shtati markaziy ko‘chalarida joylashgan, aholi gavjum hududlardagi reklama ekranlarini keltirish mumkin. Ushbu aksiya mahalliy aholi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, qadimiy va zamonaviy me’moriy obidalari hamda betakror tabiati aks ettirilgan videoroliklar Kedax shtati va Lankavi orolining markaziy ko‘chalaridagi reklama ekranlarida 3 oy davomida namoyish etiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish