Logo

O‘zbekistonda nemis tajribasiga asoslangan ilmiy va innovasion loyihalar amalga oshiriladi

Mart 04, 2026. 20:04 • 3 daq

107

XALLE, 5-mart. /“Dunyo” AA/. Xalle shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya o‘rtasidagi strategik mintaqaviy hamkorlikning “C5+1” formati doirasida tashkil etilgan mintaqaga bag‘ishlangan “Germaniya Oliy ta’lim va fan forumi” o‘z ishini yakunladi., deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur nufuzli tadbir ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yangi strategik bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim platforma bo‘ldi.

Germaniya tadqiqotlar, texnologiyalar va kosmos federal vazirligi, Martin Lyuter nomidagi Halle-Vittenberg universiteti, Markaziy Osiyo barqaror innovatsiyalar byurosi (CASIB) hamda Markaziy Osiyo davlatlarining Berlindagi diplomatik vakolatxonalari hamkorligida tashkil etilgan forumda nufuzli oliy ta’lim muassasalari, tadqiqot institutlari va jamg‘armalar rahbarlari, shuningdek, Germaniyada ilmiy faoliyat yuritayotgan yosh o‘zbek olimlari jami 180 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Forumning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari hamda tashqi ishlar vazirlarining “S5+1” formatidagi sammitlarida oliy ta’lim va tadqiqotlar sohasida erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbirning birinchi kunida bo‘lib o‘tgan “C5+1 formati doirasida Germaniya - Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik” mavzusidagi plenar sessiyada Germaniya tadqiqotlar, texnologiyalar va kosmos federal vazirligi davlat kotibi Markus Pleyer hamda Markaziy Osiyo davlatlari elchilari ma’ruza qildilar.

Davlat kotibi Markus Player mintaqa bilan aloqalar yangi institusional asosga ega bo‘lganini yuqori baholadi. “Biz birinchi marta butun bir mintaqa bilan hamkorlikning tizimli asosiga ega bo‘ldik. Bugun barchamiz ilm-fan, tadqiqot va innovatsiya sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish va kelajakni shakllantirish yo‘lida yana bir muhim qadam qo‘ydik”, - dedi u o‘z nutqida.

Mamlakatimiz elchisi Dilshod Axatov o‘z ma’ruzasida “S5+1” formatidagi hamkorlikning strategik ahamiyatiga to‘xtalib, mamlakatimiz uchun ustuvor bo‘lgan quyidagi, ya’ni atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi, qayta tiklanuvchi energiya va “yashil” vodorod, raqamlashtirish va barqaror shaharlar yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot institutlari o‘rtasida tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari darajasidagi doimiy uchrashuvlar platformasini tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Forumda amaliy hamkorlik masalalari alohida muhokama qilindi. O‘zbekistonning Saksoniya-Anxalt va Quyi Saksoniya federal o‘lkalaridagi Faxriy konsuli, “GP Günter Papenburg AG” boshqaruv kengashi a’zosi Angela Papenburg dual ta’lim orqali kadrlar tayyorlash tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, “Papenburg Uzbekistan MCHJ” qo‘shma korxonasi doirasida Germaniya sifat standartlarini joriy etish hamda Andijonda maxsus trening markazi tashkil etish rejalari haqida ma’lumot berdi.

Bundan tashqari, vatandoshimiz agrar sohadagi hamkorlik yo‘nalishida Leybnits Agrolandshaft tadqiqotlari markazi (ZALF) professori Ahmad Hamidov ma’ruza qildi. Unda Markaziy Osiyoda suv va yer resurslarini boshqarish, innovasion sug‘orish texnologiyalari hamda O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Germaniya Ilmiy tadqiqotlar jamiyati (DFG) loyihasining samaradorligi xususida so‘z yuritildi.

Anjuman yakunida Germaniya Federal tadqiqotlar, texnologiyalar va kosmos vazirligi va Markaziy Os iyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekiston tomonidan “S5+1” formati doirasida ilm-fan, tadqiqot va innovatsiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Qo‘shma Ahdlashuv bayonnomasi imzolandi. Hujjat innovasion loyihalar va ilg‘or tadqiqot markazlarini qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, yosh tadqiqotchilar almashinuvini kuchaytirish kabi muhim vazifalarni qamrab olgan.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, yaqin kelajakda mazkur forum Markaziy Osiyo va Germaniya o‘rtasidagi ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish