Belaruslik jurnalist O‘zbekistonning “Xalq diplomati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Iyun 24, 2026. 14:30 • 56 soniya
• 91
MINSK, 24-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasida Belarus Ikkinchi milliy telekanali boshlovchisi va “Звязда” gazetasi maxsus muxbiri Yekaterina Tumas-Tishkevichga “Xalq diplomati” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir davomida jurnalistning ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.
O‘z navbatida, Yekaterina Tumas-Tishkevich yuksak e’tirof va mukofot uchun alohida minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shishni o‘zi uchun katta sharaf deb bilishini ta’kidladi.
U, shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Belarus madaniyati va kinosi kunlari yuqori saviyada tashkil etilganini qayd etar ekan, kelgusida bu kabi madaniy tadbirlarni tashkil etishda shaxsan ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi