Baxtiyor Saidov: Hindiston bilan hamkorligimiz barcha yo‘nalishlarda ijobiy va jadal surʼatlarda rivojlanmoqda
Yanvar 28, 2026. 17:46 • 33 soniya
• 139
TOSHKENT, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar janoblari bilan telefon orqali muloqot qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Hamkorligimiz barcha yo‘nalishlarda ijobiy va jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama formatlarda 2026-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston–Hindiston aloqalarining kun tartibi yuzasidan atroflicha fikr almashdik.
Yil davomida kutilayotgan ko‘plab istiqbolli natijalar xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qilishiga ishonamiz”.
“Dunyo” AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
