Baxtiyor Saidov: AQSh Davlat kotibining O‘zbekistonga tashrifi mazmunli va samarali bo‘ldi
Oktabr 20, 2026. 15:30 • 2 daq
• 237TOSHKЕNT, 20-oktabr. /“Dunyo” AA/. Bugun AQSh davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga uch kunlik tashrifi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning mamlakatimizga tashrifi mazmunli va samarali bo‘ldi, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar, “C5+1” vazirlar uchrashuvi, Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishi hamda O‘zbekiston–Amerika ishbilarmonlik va investitsiyalar kengashining ikkinchi yig‘ilishi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim zamin yaratdi.
Tashrif davomida erishilgan kelishuvlar va belgilangan ustuvor yo‘nalishlar O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini aniq amaliy natijalar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Ularni amalga oshirish yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni izchil davom ettirishga kelishib oldik”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



