O‘zbekiston TIV rahbari Toshkentda Bangladesh tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Oktabr 20, 2026. 19:50 • 52 soniya
• 161
TOSHKENT, 20-oktabr. /“Dunyo” AA/. Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston va Bangladesh tashqi ishlar vazirlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun vazirlikda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi raisi, Bangladesh tashqi ishlar vaziri Halilur Rahmon bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida BMT doirasidagi hamkorlik, Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi kun tartibi hamda dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdik.
O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Halilur Rahmonga minnatdorlik bildirdik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi