Logo

O‘zbekiston TIV rahbari Avstriya vazirlari bilan muzokara o‘tkazdi

May 07, 2026. 16:10 • 2 daq

181
O‘zbekiston TIV rahbari Avstriya vazirlari bilan muzokara o‘tkazdi

TOSHKENT, 7-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif buyurgan Avstriyaning Yevropa va xalqaro ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger hamda federal ichki ishlar vaziri Gerxard Karner bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Toshkentda Avstriya tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger va ichki ishlar vaziri Gerxard Karner bilan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muzokaralar davomida O‘zbekiston–Avstriya munosabatlarini yana-da rivojlantirish, siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, xavfsizlik, migratsiya, taʼlim, turizm, “yashil” energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik. Avstriyaning ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini jalb qilishga o‘zaro qiziqish bildirildi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdik”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish