O‘zbekiston va Avstriya qator ikki tomonlama hujjatlarni imzoladi
May 07, 2026. 16:55 • 2 daq
• 157
TOSHKENT, 7-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif buyurgan Avstriya Yevropa va xalqaro ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger hamda federal ichki ishlar vaziri Gerxard Karner bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Avstriya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger xonim hamda ichki ishlar vaziri Gerhard Karner janoblari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzoladik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Jumladan, “Ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mol-mulk soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etishga oid Konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Bayonnoma va Qo‘shimcha bayonnoma, “Migratsiya va mobillik sohasida sheriklik to‘g‘risida”gi Bitim, shuningdek, “Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish haqida”gi Bitim qabul qilindi.
Ishonchimiz komilki, bugungi muzokaralar O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga xizmat qiladi”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi