BAAda "Yoshlar forumi-2024"ga bag'ishlangan ochiq davra suhbati bo'lib o'tdi
Dekabr 26, 2024. 10:18 • 2 daq
• 623
ABU-DABI, 26-dekabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakillari ishtirokida "Yoshlar forumi-2024" ga bag'ishlangan ochiq davra suhbati tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda O'zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining direktor o'rinbosari Nozima Ro'zmetova so'zga chiqib, hozirgi kunda yoshlarimizning Yangi O'zbekistonni qurishda tutgan o'rini, ularning fikr-g'oyalari agentlik uchun juda muhimligi va shu sababdan ham "Yoshlar forumi-2024" tashkil qilinganligi to'g'risida kirish so'zi qildi.
Forumda O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi a'zolari faol ishtirok etib, o'zlarining fikr-g'oyalari, tashabbuslari bilan bo'lishdi hamda kelgusida vatanimiz rivojiga hissa qo'shishga hamisha tayyorligini bildirishdi.
O'zbekiston elchixonasi maslahatchisi Anvar Abduxalimov elchixona yoshlarning tashabbuslarini qo'llab quvvatlashga tayyor ekanligi, hamda hozirgi kunda O'zbekiston yoshlari amirlikdagi nufuzli oliygohlarda ta'lim olib, yuqori natijalarga erishayotganliklarini ta'kidlab o'tdi.
Tadbir davomida Yoshlar ishlari agentligi raisi Alisher Sa'dullayev Birlashgan Arab Amirligida istiqomat qilayotgan yoshlarga video murojaat va tabriklarini yubordi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi