Logo

O‘zbekiston YI bilan fuqarolarimiz uchun viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

Dekabr 17, 2025. 19:23 • 35 soniya

408
O‘zbekiston YI bilan fuqarolarimiz uchun viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

TOSHKENT, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Yevropa Ittifoqining Ichki ishlar va migratsiya bo‘yicha bosh direktorati ekspertlari bilan muzokaralarning birinchi bosqichi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti maʼlumotiga ko‘ra, tadbir davomida mehnat faoliyatini amalga oshirish, o‘qish uchun kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari, yuk mashinalari haydovchilari, turistik guruhlar uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Xususan, Yevropa tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish masalasini Yevrokomissiya yig‘ilishiga kiritish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan bir qator shartlarni belgilab berdi.

Uchrashuv yakunida yuqorida qayd etilgan maqsadlarga tez fursatda erishish uchun shu kabi muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish