Toshkent va Praga diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Noyabr 28, 2026. 14:30 • 2 daq

• 8
Toshkent va Praga diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

PRAGA, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Diplomatik akademiyasi hamda Chexiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi rahbariyati va xodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida 2026-yil 29–30-aprel kunlari Chexiya Bosh vaziri Andrey Babishning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan Diplomatik kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘z akademiyalari faoliyati tajribasini taqdim etib, o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, kasbiy tajriba almashish, o‘quv-tadqiqot aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish va ekspertlar o‘rtasida muloqotlar tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, iqtisodiy diplomatiya, zamonaviy diplomatik amaliyot va dolzarb xalqaro kun tartibi masalalari yuzasidan o‘zaro aloqalarni yana-da kengaytirishga qiziqish bildirildi.

Erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat diplomatik xizmatlari o‘rtasidagi institusional rishtalarni mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashish va diplomatik kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish