Logo

Rigadan munosabat: O‘zbekistonning Ostonadagi tashabbuslari Markaziy Osiyoda ijobiy o‘zgarishlar drayveri bo‘lishga tayyorligini namoyon etmoqda

Aprel 23, 2026. 10:58 • 2 daq

95
Rigadan munosabat: O‘zbekistonning Ostonadagi tashabbuslari Markaziy Osiyoda ijobiy o‘zgarishlar drayveri bo‘lishga tayyorligini namoyon etmoqda

RIGA, 23-aprel. /“Dunyo” AA/. Latviyaning Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq masalalarini o‘rganish instituti direktori Aydin Askerov “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidentining 21–22-aprel kunlari Ostonaga qilgan amaliy tashrifi yakunlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:

– Mazkur tashrif O‘zbekistonning mintaqaviy ekologik kun tartibini ilgari surish va Markaziy Osiyoda ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi roli ortib borayotganidan dalolat beradi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlik masalalaridagi faol pozitsiyasi yuksak bahoga sazovordir.

O‘zbekiston yetakchisining sammitlar chog‘ida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, “yashil” texnologiyalarni joriy etish va barqaror ekologik siyosatni shakllantirish bo‘yicha mintaqa mamlakatlari saʼy-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan yangi tashabbuslariga alohida eʼtibor qaratdim.

Suvdan foydalanish sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energetika bo‘yicha loyihalarni kengaytirish, ekologik monitoringning samarali mexanizmlarini yaratishga oid tashabbuslar O‘zbekistonning strategik qarashlarini va uning Markaziy Osiyodagi ijobiy o‘zgarishlar drayveri bo‘lishga tayyorligini namoyon etadi.

O‘zbekiston Prezidentining Ostona sammitlaridagi ishtiroki mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichini aks ettiradi. Bu bosqichda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekotizimlarni asrash kabi global muammolarni birgalikda hal etishga tayyorligini namoyish qilmoqda.

O‘zbekiston yetakchisining izchil siyosati tufayli mintaqada ishonch, ochiqlik va konstruktiv muloqot muhiti shakllanmoqda. Bu esa qo‘shma ekologik va iqtisodiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Bugungi kunda ekologik diplomatiya mintaqaviy hamkorlikning muhim yo‘nalishiga aylanmoqda va O‘zbekiston bu jarayonda asosiy o‘rinlardan birini egallamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning sammitda ilgari surgan tashabbuslari amaliy hamkorlikka qo‘shimcha surʼat bag‘ishlab, mintaqadagi barcha mamlakatlar manfaatlari yo‘lida samarali yechimlar ishlab chiqilishiga hissa qo‘shadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish