Logo

Bokuda Amir Temurning 690 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy tanlov o‘tkazildi

Aprel 10, 2026. 12:29 • 2 daq

111
Bokuda Amir Temurning 690 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy tanlov o‘tkazildi

BOKU, 10-aprel. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjon Fan va taʼlim vazirligi qoshidagi 53-maktabda “OCEP” loyihasi doirasida “Amir Temur – ozarbayjonlik o‘quvchilar nigohida” nomli ijodiy ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash maqsadida tashkil etilgan ushbu ijodiy bellashuv sovrindorlarini taqdirlash marosimida qator rasmiy shaxslar, jumladan, Ozarbayjon Fan va taʼlim vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimda mamlakatimizning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov nutq so‘zlab, Amir Temur jahon tarixining eng yorqin siymolaridan biri ekanini taʼkidladi. Sohibqiron qudratli davlat asoschisi, islohotchi, ilm-fan, madaniyat va meʼmorchilik homiysi sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirganini qayd etdi.

Tadbir ishtirokchilari yosh avlodga Amir Temurning davlatchilik faoliyati, ilm-fan va madaniyatga qo‘shgan ulkan hissasini chuqur o‘rgatish muhim ekanini taʼkidladi. Bunday tanlovlar yosh avlodning do‘st xalqlar tarixi va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish